OpenOffice.org haqida
OpenOffice.org - barcha uchun mavjud erkin ofis paketlari to'plami tanlovi.
Uning tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:
- Writer (matn va HTML tahrirchisi).
- Calc (elektron jadvallar).
- Draw (chizmalar bilan ishlash).
- Impress (taqdimot hujjatlari bilan ishlash).
- Base (ma'lumotlar bazasi)
- Formula tahrirchisi.
Dasturning barcha imkoniyatlari haqidagi batafsil ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
MS-Office (Word, Excel, Powerpoint) hujjatlarini ochishingiz, tahrirlashingiz va ularni asl formatida yoki OpenOffice.org formatida saqlashingiz mumkin. Bunda asosiy kamchilik shundan iboratki, OpenOffice.org MS-Office hujjatlaridagi makroslarni bajarmaydi. Lekin ularni saqlab qoladi va ushbu makroslardan MS-Office bilan qayta ishlaganingizda bemalol foydalanishingiz mumkin. Agar siz OpenOffice.org, MS-Office hujjatlarini ocholmasligini yoki to'g'ri ocholmasligini aniqlasanigz, ushbun "muammo" haqida xabar bering va u keyingi versiyalarda takomillashtiriladi.
OpenOffice.org doimiy rivojlantirilmoqda va uning ko'pgina imkoniyatlari ustida ishlanmoqda. Ammo hozirgi versiya foydalanish uchun to'liq yaroqli hisoblanadi.
StarOffice 8.0 va OpenOffice.org 2
Agar siz litsenzion ko'makka zarurat paydo bo'lsa yoki tashkilotingiz erkin dasturiy ta'minotdan faydalanishni ma'qul ko'rmasa, diqqatinizni
StarOffice 8 paketlariga qaratishingiz mumkin.
StarOffice 8 ham OpenOffice bilan bir xil kodga asoslangan bo'lib, faqat unda bir necha erkin bo'lmaga komponentlar - shriftlar,
klipart, namunalar to'plami, inglizcha lug'atlar va yana bir qancha komponentlar kiradi. Uning litsenziya narxi uncha qimmat emas. Batafsil ma'lumotni Sun
Microsystems safihasidan olishingiz mumkin.