OpenOffice.org - barcha uchun mavjud erkin ofis paketlari to'plami tanlovi.
Uning tarkibiga quyidagi komponentlar kiradi:
Dasturning barcha imkoniyatlari haqidagi batafsil ma'lumotni bu yerdan olishingiz mumkin.
MS-Office (Word, Excel, Powerpoint) hujjatlarini ochishingiz, tahrirlashingiz va ularni asl formatida yoki OpenOffice.org formatida saqlashingiz mumkin. Bunda asosiy kamchilik shundan iboratki, OpenOffice.org MS-Office hujjatlaridagi makroslarni bajarmaydi. Lekin ularni saqlab qoladi va ushbu makroslardan MS-Office bilan qayta ishlaganingizda bemalol foydalanishingiz mumkin. Agar siz OpenOffice.org, MS-Office hujjatlarini ocholmasligini yoki to'g'ri ocholmasligini aniqlasanigz, ushbun "muammo" haqida xabar bering va u keyingi versiyalarda takomillashtiriladi.
OpenOffice.org doimiy rivojlantirilmoqda va uning ko'pgina imkoniyatlari ustida ishlanmoqda. Ammo hozirgi versiya foydalanish uchun to'liq yaroqli hisoblanadi.
Agar siz litsenzion ko'makka zarurat paydo bo'lsa yoki tashkilotingiz erkin dasturiy ta'minotdan faydalanishni ma'qul ko'rmasa, diqqatinizni
StarOffice 8 paketlariga qaratishingiz mumkin.
StarOffice 8 ham OpenOffice bilan bir xil kodga asoslangan bo'lib, faqat unda bir necha erkin bo'lmaga komponentlar - shriftlar,
klipart, namunalar to'plami, inglizcha lug'atlar va yana bir qancha komponentlar kiradi. Uning litsenziya narxi uncha qimmat emas. Batafsil ma'lumotni Sun
Microsystems safihasidan olishingiz mumkin.